Butunjahon sog‘liqni saqlash tashkilotining Yevropa mintaqaviy byurosi direktori Jujanna Yakab Turkmaniston kattalar o‘rtasida chekishning tarqalganligi besh foizdan oshmaydigan birinchi mamlakatga aylanishi mumkinligini ta’kidladi. Bu haqda “Xronika Turkmenistana” nashri xabar berdi.

Foto: truerizm.ru

Foto: truerizm.ru

Turkmanistonda chekishga qarshi kurashning qat’iyligi va samadorligini Butunjahon sog‘liqni saqlash tashkiloti direktori Margaret Chen ham yuqori baholadi. STEPS tadqiqotlarining dastlabki natijalariga ko‘ra, ayni paytda mamlakatda voyaga yetgan aholining 8 foizigina chekadi. Ayollar orasida ushbu ko‘rsatkich 1 foizga teng.

2000-yilda Turkmanistonda jamoatchilik joylarida chekkanlik uchun jarimalar kiritilgan. O‘shandan buyon tamaki mahsulotlari reklamalari, rulda chekish taqiqlandi, sog‘lom turmush tarzi bo‘yicha kuchli targ‘ibot ishlari amalga oshirilmoqda.