Bugun Ukraina Oliy Radasi binosi oldida So‘l muxolifat birlashmasi faollari deputatlarni parlamentdagi ishlaridan voz kechib, o‘zlariga munosibroq kasb tanlashga chaqirdi, deb xabar bermoqda Korrespondent.net.

Foto: Korrespondent.net

Foto: Korrespondent.net

“Ishlashni bilmasang − deputatlikka bor” yozuvli bannerlarni ko‘tarib olgan aksiya ishtirokchilari binoga kirayotgan parlament a’zolariga “Ish izlayapman” gazetalarini berib chiqqan. Deputatlar bu aksiyaga ancha sovuqqon tarzda javob qaytargan. “UDAR” partiyasi vakillari Igor Pober va Aleksandr Korniychuk tezda parlament binosiga kirib olgan bo‘lsa, “Batkivshchina” a’zosi Kseniya Lyapina gazetani faollarga qaytargan. Gazeta boshqa deputatlarning ham qiziqishiga sabab bo‘lmagan.

Oliy Rada apparati xodimlari esa faollarning bunday murojaatiga o‘zlarining deputat emasliklarini aytib javob bergan. Tashkilotchilarning so‘zlariga ko‘ra, aksiya 7-oktyabr − Butunjahon mehnatga munosiblik kuniga bag‘ishlab o‘tkazilgan.