Ukraina Davlat soliq xizmati rahbari o‘rinbosari Anatoliy Makarenko o‘zining Facebook’dagi sahifasi orqali mamlakat bojxonasi xodimlari Germaniyadan jo‘natilgan gumanitar konvoyni qabul qilganini ma’lum qildi, deb xabar bermoqda “Segodnya”.

Foto: korrespondent.net

Rossiya gumanitar konvoyi, arxiv. Foto: korrespondent.net

“Bugun ‘Doroxusk-Yagodin’ xalqaro chegara punktida ukrainalik bojxonachilar va chegarachilar polshalik hamkasblari bilan birgalikda Germaniyadan jo‘natilgan gumanitar konvoyni rasmiylashtirish ishlarini olib bordi”, − deb yozdi Makarenko.

Eslatib o‘tamiz, 5-oktabr kuni Germaniya Ukrainaga 100 yuk mashinasidan iborat qiymati 100 million yevroga teng bo‘lgan gumanitar konvoyni yuborgani ma’lum bo‘lgan edi.