FIFA prezidenti Yozef Blatter 2022-yilgi Jahon chempionati qish faslida bo‘lishi mumkinligini ma’lum qildi, deb xabar bermoqda Stadion.uz.

Yozef Blatter. Foto: kvedomosti.com

Yozef Blatter. Foto: kvedomosti.com

“Biz JCh — 2022’ni yozda o‘tkaza olmaymiz, vaziyatdan chiqish yo‘llarini qidirishimiz kerak. Musobaqani o‘tkazish muddatlari yil oxirida aniq bo‘ladi. 2022-yilning noyabr va dekabr oylari eng yaxshi muddat deb o‘ylayman.

Biz xalqaro taqvim ustida ishlayapmiz. Bu oddiy ish emas, ammo jahon chempionati juda muhim”, — dedi Blatter.