Toshkent viloyatining Chinoz shahridan bo‘lgan kishi poytaxtdagi “Qo‘yliq” buyum bozori hududida ketayotganida uning yo‘lini ikki noma’lum shaxs to‘sdi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligining “Postda” gazetasi xabar bermoqda.

Foto: mega-u.ru

Foto: mega-u.ru

Noma’lum shaxslar chinozlikni qo‘rqitib, 295 ming so‘m puli hamda Samsung uyali telefonini tortib oldi va voqea joyidan yashirindi.

Voqeadan xabar topgan ichki ishlar idoralari xodimlarining zudlik bilan amalga oshirgan tegishli chora-tadbirlari natijasida talonchilikni sodir etganlar qo‘lga olindi.