Janubiy Koreyaning Incheon shahrida davom etayotgan ParaOsiyo o‘yinlarida delegatsiyamiz hisobidagi oltin medallar soni 13 taga yetdi. Bu haqda Olamsport.com xabar bermoqda.

Foto: olamsport.com

Foto: olamsport.com

Suzish bo‘yicha o‘tkazilayotgan musobaqalarda O‘zbekiston sharafini himoya qilayotgan Kirill Pankov endi 200 metr masofaga erkin usulda suzish bahslarida oltin medalni qo‘lga kiritdi.

Bu yo‘nalishda eronlik Vohid Keshtkar kumush, uning jamoadoshi Muhammadhusayn Karimiy bronza medaliga sazovor bo‘ldi.

Pankov bundan avval 50 va 100 metr masofaga erkin, 100 metrga chalqancha usulda suzish bo‘yicha ParaOsiyo o‘yinlarining oltin medallariga sazovor bo‘lgan edi.  Hozirga kelib O‘zbekiston sportchilari 13 ta oltin, 2 ta kumush va 1 ta bronza medalini qo‘lga kiritgan holda umumjamoa hisobida 4-o‘rinda borishyapti.