Yarim tunda yuziga niqob taqqan uch kishi Samarqandda istiqomat qiluvchi ayol hovlisiga devor osha bosqinchilikka tushdi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligining “Postda” gazetasi xabar bermoqda.

Foto: kotlas-info.ru

Foto: kotlas-info.ru

Noma’lum shaxslar ayolni pichoq bilan qo‘rqitib, uning 500 AQSh dollar va 180 ming so‘m pulini olib ketdi. Jabrlanuvchi ichki ishlar idoralariga xabar bergach, tezkor tergov guruhi a’zolari voqea joyiga yetib keldi.

Olib borilgan surishtiruv-qidiruv ishlari natijasida bosqinchilik sodir qilganlikda ayblangan uch shaxs ichki ishlar bo‘limiga olib kelindi. Ularga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.