Janubiy Koreyaning Incheon shahrida davom etayotgan ParaOsiyo o‘yinlarida O‘zbekiston delegatsiyasi hisobidagi medallar soni 19 taga yetdi. Bular 16 ta oltin, 2 ta kumush, 1 ta bronza medallaridir, deb yozadi Olamsport.com.

Foto: red-dot-21.com

Foto: red-dot-21.com

O‘zbekistonlik sportchilar medallar jamg‘arish bo‘yicha umumjamoa hisobida 4-o‘rinni egallab turibdi. Birinchi o‘rinda jami 197 ta medal bilan Xitoy terma jamoasi bormoqda.Ular 106 ta oltin, 60 ta kumush, 31 ta bronza medalini qo‘lga kiritib ulgurgan.

Kuchli uchlikdan Janubiy Koreya va Yaponiya terma jamoalari joy olgan. Keyingi o‘rinlarni Eron, Tailand, Gonkong, Malayziya, Vyetnam, Qozog‘iston kabi terma jamoalar band etgan.

Umuman olganda, hozirgacha 19 ta mamlakat delegatsiyalari hisobida kamida bir nafar chempion bor. Kamida bitta bronza medaliga ega bo‘lgan davlatlar soni esa roppa-rosa 30 taga yetdi.