2014-yil 18-oktabr kuni tongda Toshkent hayvonot bog‘idagi Putra ismli fil chap tomoni bilan yotgan holda topildi. U mustaqil tura olmadi. Bundan xavotirga tushgan urg‘ochi Putri esa filni turtib, uni ustiga chiqdi. U jon-jahdi bilan Putraga yordam berishni istadi, biroq aynan shu harakatlari bilan filning o‘rnidan turishiga xalal berdi, deb xabar bermoqda Toshkent hayvonot bog‘i axborot xizmati.

Putra va Putri. Foto: tashkentzoo.uz

Putra va Putri. Foto: tashkentzoo.uz

Putraning oldidan urg‘ochi fil — Putrini haydashning iloji bo‘lmadi. Putra nafas olishdan to‘xtagachgina urg‘ochi fil o‘zini ajratib qo‘yishlariga imkon berdi.

Aniqlanishicha, 13 yoshli o‘smir fil yurak xuruji (miokard infarkti)dan vafot etgan. Filning yurak bo‘shlig‘i va yirik qon tomirlarida ko‘plab yog‘ birikmalari topilgan.

Putra va Putri. Foto: tashkentzoo.uz

Putra va Putri. Foto: tashkentzoo.uz

Ismi tarjima qilinganda shahzoda ma’nosini beruvchi Putra Toshkent hayvonot bog‘iga 2004-yil Malayziyaning Zoo Melaka zooparkidan keltirilgan. Bir necha oydan so‘ng Malayziyadan Putri (malika) ismli urg‘ochi fil ham keltirilgan.

Foto: tashkentzoo.uz

Foto: tashkentzoo.uz

Ma’lum qilinishicha, fillarga qanchalik ko‘p g‘amxorlik qilinmasin, ularning, ayniqsa, Putraning ovqat hazm qilish yo‘lida vaqti-vaqti bilan turli muammolar paydo bo‘lgan. Shu bois sakkiz yil avval malayziyalik mutaxassislar ham yordamga chaqirilgan.

Foto: tashkentzoo.uz

Foto: tashkentzoo.uz

Putra va Putri bir-biridan ajratib bo‘lmas ajoyib juftlik edi, deyiladi saytda.