Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumani Soyliq qishlog‘ida uch egizak tug‘ilishi holati so‘nggi yillarda kuzatilmagan edi. Lola va Abdunabi Normatovlar oilasida shunday uch egizak dunyoga keldi, deb xabar bermoqda Podrobno.uz.

Lola Normatova uch egizagi bilan. Foto: podrobno.uz

Lola Normatova uch egizagi bilan. Foto: podrobno.uz

Ma’lum qilinishicha, uch egizaklardan biri o‘g‘il bo‘lib, unga Hasan, qolgan ikkisiga esa Zuhra va Zahro deya ism berilgan.

Baxtli onaning so‘zlariga ko‘ra, sog‘lom va shirin chaqaloqlar o‘z vaqtida tug‘ilgan.

Normatovlar oilasida mazkur uch egizakdan tashqari besh yoshli Abdulloh va 2,5 yashar Rayhona ham ulg‘aymoqda.