AQShning Kaliforniya shtatida politsiya ofitseri xizmatdan uyga qaytayotib yo‘lda 120 ming dollar topib oldi, deb xabar bermoqda “RIA Novosti”.

Foto: AP

Foto: AP

Ismi oshkor etilmasligini so‘ragan politsiyachi ayol mashinada Konkord shahridan o‘tib borayotib, yo‘lda ustida avtomobillar izi qolgan ikkita katta sumkani ko‘rib qolgan. Ichida nima borligi maqsadida ularni ochib ko‘rganida 100 dollarlik kupyuralar bilan to‘ldirilgan paketlarga ko‘zi tushgan.

20 yillik tajribaga ega politsiyachi pullarni qayerga olib borish lozimligini bilgan. Ko‘chada hech kim bo‘lmaganiga qaramay, u pullarni o‘zlashtirib olmagan. Politsiya pullarni egasiga qaytargan, biroq ular nega yo‘lda qoldirib ketilgani bo‘yicha surishtiruv o‘tkazmoqda. Ayol esa halolligi uchun taqdirlangan.