Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenkoning o‘g‘li Aleksey Poroshenko mamlakat parlamenti − Oliy Rada deputatligiga saylandi. Bu haqda “Segodnya” xabar bermoqda.

Foto: rian.com.ua

Foto: rian.com.ua

Kichik Poroshenko Vinnitsa viloyatidagi 12-raqamli bir mandatli saylov okrugidan Ukraina parlamenti deputatligiga o‘z nomzodini qo‘ygan edi. Markaziy saylov komissiyasi xabar berishicha, 29-oktabr kuni mahalliy vaqt bilan 09:48da 100 foiz ovozlar hisoblab chiqilgan vaqtda Aleksey Poroshenko 62 359 ovoz (64,02 foiz) to‘plagani ma’lum bo‘lgan.

Foto: segodnya.ua

Foto: segodnya.ua

2012-yilda Ukrainaning hozirgi prezidenti Pyotr Poroshenko ham aynan shu saylov okrugidan 71,5 foiz ovoz bilan Oliy Rada deputatligiga saylangani ma’lum qilingan.