Shri-Lanka janubi-sharqida sel kelishi oqibatida 10 kishi halok bo‘lgan, yana 250 kishi bedarak yo‘qolgan, deb xabar bermoqda Associated Press.

Foto: wunrn.com

Foto: wunrn.com

Agentlik bergan xabarga ko‘ra, choy plantatsiyalari ishchilari istiqomat qiladigan 120 ta uy sel ostida qolgan. Qutqaruv ishlari uchun harbiylar jalb etilgan.

Shri-Lankada musson yomg‘irlari mavsumi sentabrdan dekabrgacha davom etadi. Muttasil musson yomg‘irlari kuchli loyqa oqimini keltirib chiqargan.