Kecha Moskva oblastidagi Noginsk shahridan tarkibida 50 ta mashina bo‘lgan avtokolonna Ukraina sharqiga yo‘l oldi, deb xabar bermoqda “Segodnya”.

Foto: ru-an.info

Foto: ru-an.info

Rossiya Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabariga ko‘ra, yuk mashinalariga Donetsk va Lugansk infratuzilmalarini ta’mirlash uchun qurilish xom-ashyolar ortilgan.

Biroq, Rossiya na Ukraina, na Qizil Xoch bilan gumanitar konvoy yuborish masalasida kelishmagani aytilmoqda. Ukraina Tashqi ishlar vazirligi bu avtokolonnani to‘xtatib qola olmasligini ma’lum qilgan.