Rossiya tergov qo‘mitasi “Vnukovo” aeroportida Falcon samolyotining halokatga uchrashi bilan bog‘liq jinoiy ish bo‘yicha birinchi ayblovni e’lon qildi, deya xabar bermoqda “TASS”.

Svetlana Krivsun. Foto: “TASS”

Svetlana Krivsun. Foto: “TASS”

29-oktabr, chorshanba kuni stajyor dispetcher Svetlana Krivsunga jinoyat sodir qilish bo‘yicha ayblov qo‘yildi. Ushbu ayblov Rossiya Federatsiyasi Jinoyat kodeksining 263- moddasi 3-bandi (harakat xavfsizligi va havo transportidan foydalanish qoidalarini

buzib, ikki yoki undan ortiq shaxsning o‘limini keltirib chiqarish)da ko‘zda tutilgan. Krivsun ayblanuvchi sifatida tergov qilindi. U ayni paytda uy qamog‘ida saqlanmoqda.

Aybi tasdiqlangan holda, Krivsun 7 yilgacha ozodlikdan mahrum qilinishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, 21-oktabrga o‘tar kechasi Moskva—Parij reysi bo‘yicha parvoz qilmoqchi bo‘lgan to‘rt o‘rinli Falcon samolyoti maxsus texnika mashinasiga urilib, yonib ketdi va uchish-qo‘nish yo‘lagiga qulab tushdi. Samolyot butunlay yonib ketdi, undagi odamlarni qutqarib qolish iloji bo‘lmadi. Halokat natijasida Fransiyaning Total neft kompaniyasi rahbari Kristof de Marjeri va uch nafar ekipaj a’zosi nobud bo‘ldi.