Italiya prezidenti Jorjo Napolitano davlat hukumatining 1993-yilda koza nostra tomonidan shantaj qilinganini tasdiqladi. Bu haqda mahalliy OAVlarga tayanib “RIA Novosti” xabar bermoqda.

Jorjo Napolitano. Foto: “RIA Novosti”

Jorjo Napolitano. Foto: “RIA Novosti”

28-oktabr, seshanba kuni Rimdagi Kvirinal saroyida Palermo shahar sudi maslahatchilari majlisi bo‘lib o‘tdi, unda Napolitano 1990-yillar boshida Sitsiliya mafiyasi boshliqlari va Italiya hukumati vakillari o‘rtasida bo‘lib o‘tgan maxfiy muzokaralar ishi bo‘yicha shov-shuvli jarayon doirasida guvohlk ko‘rsatmalarini berdi.

OAVlar xabariga ko‘ra, 1992—1994-yillarda Deputatlar palatasiga raislik qilgan Napolitano, prokurorning 1993-yilda Milan va Rimda mafiya tomonidan amalga oshirilgan portlatishlarni shantaj deb hisoblashi-hisoblamasligi to‘g‘risidagi savoliga ijobiy javob berdi. Uning aytishicha, koza nostra o‘sha vaqtda davlatga ultimatum e’lon qilmoqchi bo‘lgan: hibsga olingan mafiya rahbarlarining ahvoli yaxshilanishi kerak yoki mamlakatdagi vaziyat beqarorlashishda davom etadi.

1992—1993-yillarda Italiyada mafiya rahbarlari buyrug‘i bilan amalga oshirilgan qonli terrorchilik harakatlari bo‘yicha ishni ko‘rib chiqish 2013-yil mayida Palermo maslahatchilar sudida boshlangan edi.