KXDR yetakchisi Kim Chen In harbiy havo kuchlari va havo hujumiga qarshi mudofaa qismlarining yozgi tarkibi mashg‘ulotlariga rahbarlik qildi. Bu haqda “STAK”ga tayanib, “TASS” xabar bermoqda.

Foto: “TASS”

Foto: “TASS”

Uchuvchilar harbiy samolyotlarni uchirish-qo‘ndirishni, havo nishonlarini ushlab qolishni mashq qilishdi, oliy uchuvchilik san’atini namoyish etishdi.

Koreya milliy armiyasining oliy bosh qo‘mondoni harbiy mashg‘ulotlar natijalaridan mamnun bo‘ldi va o‘sha yerning o‘zidayoq ba’zi uchuvchilar unvonini “yuqori professionalizmni namoyon etgani uchun” oshirdi.