AQSh mudofaa vaziri Chak Heygel Ebola virusi keltirib chiqargan kasallik epidemiyasi tarqalib ketgan G‘arbiy Afrika davlatlaridan qaytayotgan amerikalik barcha harbiy xizmatchilar uchun 21 kunlik karantin joriy qilishni buyurdi. Bu haqda Pentagon rasmiy vakili kontr-admiral Jon Kirbiga tayanib “TASS” xabar bermoqda.

Chak Heygel. Foto: Associated Press

Chak Heygel. Foto: Associated Press

Uning aytishicha, Heygel, shuningdek Afrika mamlakatlariga Ebola epidemiyasiga qarshi kurashda yordam bergan askarlar va zobitlarni karantinda saqlashning batafsil rejasini ishlab chiqishni ham buyurgan. Bu ushbu xavfsizlik choralari o‘zini oqlash-oqlamasligi

va kelajakda ham ularni qo‘llashda davom etish-etmaslik bo‘yicha xulosa chiqarishga yordam berishi ko‘zda tutilgan.

AQSh Ebola epidemiyasiga qarshi kurashish uchun 4 ming nafargacha harbiy xizmatchisini G‘arbiy Afrikaga yubormoqchi. Ayni paytda mintaqada, asosan Liberiyada, mingga yaqin AQSh harbiylari bor.