Qozog‘iston Milliy xavfsizlik qo‘mitasi Chegara xizmati rahbari Nurlan Julamanov 2014-yil 27-dekabrgacha hibsda saqlanadi. Bu haqda Qozog‘iston Harbiy sudi matbuot xizmatiga tayanib Tengrinews.kz xabar bermoqda.

Foto: tengrinews.kz

Foto: tengrinews.kz

Julamanov Qozog‘iston Jinoyat kodeksining 235 va 311-moddalari bo‘yicha o‘ta katta miqdorda pora olganlikda ayblanib qo‘lga olingani avvalroq xabar berilgan edi.

Ushbu jinoyat uchun Julamanov sakkiz yildan o‘ttiz yilgacha ozodlikdan mahrum qilinishi va uning mol-mulki musodara qilinishi bilan jazolanishi mumkin.