Rossiyada dollar kursi tarixda birinchi marta 43 rublga yetdi, deya xabar bermoqda Gazeta.ru Moskva birjasi ma’lumotlariga tayanib.

Foto: “Vedomosti”

Foto: “Vedomosti”

Birja axborotiga ko‘ra, 29-oktabr, chorshanba kuni 21:26 da dollar kursi 43,0105 rublni tashkil etdi.

Nashrning ta’kidlashicha, dollarning qimmatlashuvi AQSh Federal zaxira tizimi Ochiq bozorlar bo‘yicha qo‘mitasining yillik bazaviy foiz stavkasini 0—0,25 foiz darajasida ushlab turish qarori bilan bog‘liqdir.

Eslatib o‘tamiz, 23-oktabr kuni dollarning rublga nisbatan kursi 41,6 rublga yetib, rekord o‘rnatgan edi.