Janubiy Koreya Milliy razvedka agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, janubiy koreyaliklarning 20 mingga yaqin smartfonlari Shimoliy Koreya xakerlari tomonidan ishlab chiqilgan viruslar bilan zararlangan. Bu haqda “Chosun Ilbo”ga asoslanib Kun.uz xabar bermoqda.

KXDR yetakchisi Kim Chen In. Foto: ibtimes.co.uk.

KXDR yetakchisi Kim Chen In. Foto: ibtimes.co.uk

Xakerlar Janubiy Koreyaning turli portallariga zararli ilova-dasturlarni joylashtirib chiqqan. Zararlangan smartfonlar orqali maxfiy ravishda video yozish va eshitish faoliyati olib borilgan. Hozirgi vaqtda Janubiy Koreya hukumati ushbu tahdidni zararsizlantirgan.

Razvedka agentligi aynan kimlar Shimoliy Koreya xakerlari qurboniga aylanganiga va ushbu xakerlik hujumlariga aynan kimlarga qaratilganiga aniqlik kiritmadi. Qayd etishlaricha, KXDR xakerlarining hujumi 2014-yilning 19-mayidan 16-sentabriga qadar davom etgan.