AQShning Ukrainadagi elchisi Jeffri Payett Ukraina suverenitetini himoya qilish uchun Rossiyaga qarshi sanksiya e’lon qilgan G‘arb davlatlari firmalari zarar ko‘rayotgan bir paytda, Ukraina biznesi daromad olishda davom etayotgani adolatdan emas, degan fikrni ilgari surdi. Bu haqda “Segodnya” xabar berdi.

Foto: kyivpost.com

Foto: kyivpost.com

Shuningdek, u AQSh uchun sanksiyalarni e’lon qilish tamoyili muhim hisoblanishi, sanksiyalar ro‘yxati davlat OAVlarida nashr qilinishi barcha uchun uning qoidalari qanday ekanidan xabardor bo‘lish imkonini berishini qayd etdi.

Eslatib o‘tamiz, AQSh hamda Yevroittifoq Rossiya Federatsiyasining Qrim anneksiyasi va Donbassga tajovuziga javob tariqasida unga nisbatan sanksiyalarni e’lon qilgan edi. Ukraina ham sanksiya ro‘yxatiga tushadigan kompaniya va shaxslar nomini tayyorlagan, ammo hali taqiqlarni kiritmagan.