Paragvayda tarixda birinchi marta ko‘r kishi elchi etib tayinlandi. Bu haqda mahalliy OAVlarga tayanib “TASS” xabar bermoqda.

Urugvay bayrog‘i. Foto" Flickr

Urugvay bayrog‘i. Foto" Flickr

Ko‘rish qobiliyati bilan bog‘liq muammolarga qaramay, o‘qituvchi, jurnalist va xalqaro aloqalar bo‘yicha magistr darajasi sohibi Pedro Reynaldo Sanches qasamyod qabul qilib, Paragvayning Dominika Respublikasi va Gaitidagi elchisi vazifasini bajarishga kirishdi.

Paragvay tashqi ishlar vaziri Eladio Loisaganing aytishicha, nogironligiga qaramay olgan bilim va ko‘nikmalari sababli aynan Sanchesni tanlashgan.

Mahalliy OAVlarning ta’kidlashicha, Dominika Respublikasidagi elchining ko‘r kishi ekanligi ramziy ma’noga ega. Ular ushbu mamlakatga uch marta hukmronlik qilgan Xoakin Balager o‘zining so‘nggi prezidentlik muddatida ko‘zi ko‘rmay qolganini tilga olgan.