Parijdagi Salon du Chocolat shokoladi yarmarkasi doirasida turli xildagi shokoladlar bilan tikilgan modalar namoyishi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda “Segodnya” xabar berdi.

Foto: segodnya.ua

Foto: segodnya.ua

Parij shokolad yarmarkasi o‘zining 20 yilligini nishonlamoqda. Joriy yilning 29-oktabr kuni Port-de-Versal ko‘rgazma markazida noan’anaviy modular namoyishi bo‘lib o‘tdi. Unda modellar shokoladdan tikilgan liboslarni ko‘rsatdi.