Turkiyaning janubi-g‘arbidagi Isparta provinsiyasida 31-oktabr kuni sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi natijasida 15 nafar kishi halok bo‘ldi, 28 kishi tan jarohati oldi. Bu haqda “TASS” xabar berdi.

Arxiv. Foto: rambler.ru

Arxiv. Foto: rambler.ru

Yalvak shahrida ishchilarni plantatsiyadan olib kelayotgan mikroavtobus ag‘darilib ketgan. Halokat joyiga tez yordam mashinasi va qutqaruvchilar kelib, jabrlanganlarni kasalxonaga yetkazgan.

Yo‘l politsiyachilarining taxminiga ko‘ra, haydovchi boshqaruvni nazorat qila olmagan bo‘lishi mumkin. Ayni damda voqea tafsilotlari o‘rganilmoqda.