AQShda Virgin Galactic kompaniyasining SpaceShipTwo nomli suborbital kosmik kemasi sinov vaqtida halokatga uchradi. Natijada bir uchuvchi halok bo‘ldi, yana biri og‘ir jarohat oldi, deb xabar bermoqda Meduza.

Foto: vesti.ru

Foto: vesti.ru

Kosmik kema uni belgilangan balandlikka yetkazgan White Knight Two samolyotidan uzoqlashib, o‘z dvigatellarini ishga tushirishi bilan mayda qismlarga bo‘linib ketdi. White Knight Two samolyoti esa yerga muvaffaqiyatli qo‘ndi.

Mahalliy telekanal vertolyotlari orqali SpaceShipTwo bo‘laklari Moxave sahrosidagi Virgin Galactic kosmik porti yaqinidan topilib, videoga olindi.

Hozircha aviahalokat sabablari haqida aniq ma’lumot yo‘q. Xabarlarga ko‘ra, kosmik kemada yoqilg‘ining yangi turidan foydalanilgan.