KXDR yetakchisi Kim Chen In mamlakat poytaxtidagi Sunan xalqaro aeroportida yangi terminal bunyod etishga oid farmoyishini bajarmagani uchun quruvchilar brigadasi rahbarlarini qattiq tanqid qildi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.

KXDR yetakchisi Kim Chen In. Foto: “TASS”

KXDR yetakchisi Kim Chen In. Foto: EPA

Davlat Mudofaa qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari qurilish maydonchasiga tashrif buyurganida rejaga rioya qilmaslik holatiga duch kelgan va binoning ichki bo‘limida olib borilayotgan ishlarga o‘zgartirish kiritish hamda “yo‘lovchilar uchun barcha qulayliklarni yaratish” lozimligi haqida buyruq bergan.

“Yangi aeroport Pxenyan darvozasi bo‘ladi”, — deya KXDR rahbari bunday obyektlarni qurishda rivojlangan davlatlar tajribasidan foydalangan holda milliy o‘zlikni saqlab qolish kerakligini qayd etdi.

“Yangi terminal binosini serhasham va dabdabali ko‘rinishga keltirgan holda, loyihani yuqori sivilizatsiyalashgan jamiyat va KXDRning sotsialistik tizimini namoyish etadigan tarzda yakunlash lozim”, — dedi Shimoliy Koreya yetakchisi.