Xitoy Xalq Respublikasi hukumati mamlakat hududida uchta yangi temir yo‘l liniyalarini qurishga qariyb 40 milliard dollar sarflaydi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.

Xubey provinsiyasi Uxan shahridagi poyezdlar. Foto: Reuters

Xubey provinsiyasi Uxan shahridagi poyezdlar. Foto: Reuters

Tegishli loyiha 31-oktabr, juma kuni XXR Taraqqiyot va islohot davlat qo‘mitasi tomonidan tasdiqlangan. Liniyalarni qurish besh yil ichida tugallanadi.

Qurilish rejasiga muvofiq, Szyansi provinsiyasidagi Szian shahrini Ichki Mongoliya avtonom tumanidagi Ordos shahri bilan bog‘lovchi ko‘mir tashishga mo‘ljallangan 1,8 ming kilometrlik temir yo‘l, Shansi provinsiyasidagi Datun shahri va Xebey provinsiyasidagi Chjanszyakou shahri oralig‘ida hamda Tibet avtonom tumanidagi Shigadze va Nyingchi okruglarini birlashtiruvchi 137 va 402 kilometrlik yo‘lovchi tashish uchun mo‘ljallangan ikkita temir yo‘l barpo etiladi.