“Arvoh” ayirmachilik brigadasi komandiri Aleksey Mozgovoy o‘zining VKontakte’dagi sahifasiga va YouTube’dagi kanaliga ilk “Novorossiya xalq sudi” majilisining videoyozuvini joylashtirdi, deb xabar bermoqda Meduza.

Mozgovoyning tashabbusi bilan tashkillashtirilgani aytilgan sud videoyozuvi “Alchevsk shahridagi zo‘ravonlar ustidan sud” deb nomlangan. Sud majlisi davomida ikki kishini oliy jazo – otib o‘ldirishga hukm qilingan. Zalda o‘tirganlar  ularga savollar bergan. Hukm e’lon qilingach, zaldagilar sud qaroriga rozi yoki qarshiligini bildirib ovoz bergan.

Ayblanuvchilardan biri o‘z aybini tan olib, uni “frontda qon bilan yuvish”ni so‘ragan. Uni otib o‘ldirish uchun zaldagilarning yarmidan kami ovoz bergan. Ikkinchi ayblanuvchini esa zal o‘limga hukm qilgan. Hukm amalga oshirilgan-oshirilmaganligi ma’lum qilinmagan.