Agar mustaqillik masalasi bo‘yicha referendum yaqin kunlar ichida o‘tkazilsa, shotlandiyaliklar uni yoqlab ovoz bergan bo‘lardi. Mintaqa aholisi Buyuk Britaniyadan ajralib chiqishga qarshi ovoz berganidan olti hafta o‘tib o‘tkazilgan ijtimoiy so‘rov natijalari shundan darak bermoqda. Bu haqda Interfax ma’lum qildi.

Foto: theguardian.com

Foto: theguardian.com

27—30-oktabr kunlari olib borilgan so‘rovda Shotlandiyaning 52 foiz aholisi mustaqillik tarafdori ekani aniqlangan.

Bir fikrga kelmaganlar yoki referendumda ishtirok etmasligi mumkin bo‘lganlar ham nazarda tutilganda, ovozlar 49 foizga 45 foiz nisbatida mustaqillik tarafdorlari foydasiga bo‘lingan bo‘lar edi.

Eslatib o‘tamiz, Shotlandiyaning Birlashgan Qirollik tarkibidan chiqishi to‘g‘risidagi referendum 18-sentabr kuni o‘tkazildi. Unda 55 foiz saylovchilar mustaqillikka qarshi ovoz bergan edi.