AQSh prezidenti Barak Obama “besh plyus bir” guruhining Eron bilan uning yadro dasturi bo‘yicha olib borayotgan muzokaralarini konstruktiv deb hisoblaydi. Bu haqda Amerika yetakchisining 5-noyabr, chorshanba kungi bayonotiga tayanib, “TASS” xabar berdi.

Foto: “TASS”

Foto: “TASS”

“Biz tomonimizdan kiritilgan va Eron iqtisodiyotiga kuchli ta’sir ko‘rsatayotgan sanksiyalar sharofati bilan, Tehron vakillari muzokaralar o‘tkazib, dunyo hamjamiyatini ularning yadro dasturi harbiy xususiyatga ega emasligiga ishontirmoqchi”, — dedi Obama.

Uning ta’kidlashicha, Eronning yadro quroli “nafaqat AQShning do‘stlari, shu jumladan Isroilga, balki AQShning o‘ziga ham xavf solishi mumkin”.

“Eron yetakchilari yadro qurolini ishlab chiqishmayotganini ta’kidlamoqda. Agar bu rost bo‘lsa, ular dunyo hamjamiyatini bunga ishontirishlari mumkin”, — dedi AQSh prezidenti.