Oil Price nashri atom elektr stansiyalari sunami tufayli xavfga moyil bo‘lgan mamlakatlar ro‘yxatini tuzdi. Ma’lumotlarga ko‘ra, dunyoda yuqori risk hududlarida joylashgan 23 ta atom elektr stansiyalari va 74 ta reaktor mavjud. Bu haqda Vestifinance.ru xabar bermoqda.

Foto: vestifinance.ru

Foto: vestifinance.ru

Ro‘yxatning birinchi pog‘onasidan Xitoy joy oldi. U yerda ayni paytda 21 ta energiya bloki mavjud, yana 27 tasini qurish ishlari olib borilmoqda.

Oltita atom reaktorlariga ega bo‘lgan Tayvan ham Yaponiya kabi tez-tez sodir bo‘lib turuvchi sunami va zilzilalar tufayli yuqori xavf ostidagi davlat hisoblanadi.

Yaponiyada esa 7 ta AES va 19 ta reaktor joylashgan. Yana 48 ta reaktor ayni paytda qayta ishga tushirilish jarayonida turibdi.

Janubiy Koreya ham atom elektr stansiyalari yuqori xavf ostida bo‘lgan mamlakatlar ro‘yxatiga kirdi. U yerda 23 ta reaktor faoliyat yuritadi.

Dunyodagi eng yirik atom energiyasi ishlab chiqaruvchisi — AQShdagi xavf darajasi ham o‘ta yuqoridir. Mamlakatda 100 ga yaqin reaktor ishlaydi, yana 5 tasi qurilmoqda.

Hududidagi reaktorlardan faqat bittasi sunami xavfi ostida bo‘lishiga qaramay, Pokiston ham ushbu ro‘yxatga kiritildi. Mamlakatdagi yadro dasturining umumiy quvvati atigi 725 MVtni tashkil etadi, biroq hukumat ushbu ko‘rsatkichni o‘n baravar oshirmoqchi.

Hindistonda esa sunamidan zarar ko‘rishi mumkin bo‘lgan ikkita reaktor aniqlandi, bundan tashqari, yettita AESdan uchtasi sohil bo‘yida joylashgan.

Ro‘yxatga kiritilgan so‘nggi davlat Eron bo‘ldi. Ayni paytda u yerda faqat bitta atom reaktori faoliyat ko‘rsatadi, ikkinchisi esa qurilish jarayonida turibdi. Mamlakatda tez-tez sodir bo‘ladigan zilzilalar ularni xavf ostiga qo‘yadi.

Ta’kidlash joiz, atom energetikasi ayni paytda qiyin zamonlarni boshdan kechirmoqda, 2011-yilda sunami tufayli Fukusimadagi yadro reaktori vayron bo‘lgach, ko‘plab davlatlar atom energetikasi istiqboliga boshqacha qaray boshladi. Sunami kuchli zilzilani keltirib chiqardi, natijada 16 ming kishi halok bo‘ldi. Biroq tezda tabiiy ofatga reaktorlarning sovib ketgani sabab bo‘lgani yuzaga chiqdi.

Shundan so‘ng Yaponiyada barcha reaktorlar ishi to‘liq to‘xtatildi. Asosiy atom energiyasi iste’molchisi bo‘lgan Germaniya 17 ta reaktorlaridan 8 tasini yopib tashladi. Yevropaning boshqa davlatlari ham o‘z yadro dasturlarini keyinga qoldirdi.