Kreml Rossiya va AQSh prezidentlari Pekindagi Osiyo-Tinch okeani iqtisodiy hamkorlik sammiti doirasida uchrashishi mumkinligini istisno qilmayapti. Bu haqda “TASS” xabar berdi.

Foto: “TASS”

Foto: “TASS”

“Bunday yirik tadbirlar doirasida odatda jadal muzokaralar olib boriladi, shu tufayli Putin va Obama uchrashuvini istisno qilib bo‘lmaydi”, — dedi Rossiya davlat rahbari matbuot kotibi Dmitriy Peskov.

Avvalroq Amerika ma’muriyati vakili Vashingtondagi brifingda Obamaning Osiyo-Tinch okeani iqtisodiy hamkorligi va G20 sammiti doirasida Rossiya yetakchisi bilan norasmiy suhbat uyushtirishga umid qilayotgani haqida aytgan edi.

OTIH mamlakatlari rahbarlari uchrashuvi Pekinda 10—11-noyabr kunlari, “yigirmalik” majlisi esa 15—16-noyabr kunlari Avstraliyaning Brisben shahrida bo‘lib o‘tadi.