Polshalik sayyoh Silviya Rayxel Ispaniyaning Sevilya shahridagi ko‘prik ustida selfi-fotosuratga tushish chog‘ida pastga qulashi natijasida halok bo‘ldi, deb xabar bermoqda New York Daily News.

Foto: 20minutes.es

Foto: 20minutes.es

23 yoshli qiz yarim tunda Puente-de-Isabel II ko‘prigi yuqorisida suratga tushmoqchi bo‘lgan. Bir necha daqiqadan keyin muvozanatni yo‘qotib, pastga qulagan. To‘rt yarim metr balandlikdan yiqilgan qiz ko‘prikning beton ustuniga urilgan. Voqea joyiga yetib kelgan shifokorlar qizning yuragi to‘xtaganini qayd etgan va uni qayta ishga tushirgan. Og‘ir ahvoldagi qiz shifoxonada vafot etgan.

Sevilyadagi ko‘prik. Foto: nydailynews.com

Sevilyadagi ko‘prik. Foto: nydailynews.com

Sevilya meriyasi vakillari buni baxtsiz hodisa deb atab, ko‘prikda qo‘shimcha to‘siqlar o‘rnatishga va’da bergan. Polsha matbuoti xabariga ko‘ra, Rayxel Lyublin shahrida yashagan va tibbiyot sohasida o‘qigan. O‘qishni tugatgach Ispaniyaga butunlay ko‘chib ketmoqchi bo‘lgan.