5-noyabr kuni kechki paytda Italiya poytaxti tashqarisidagi Leonardo da Vinchi nomidagi xalqaro aeroportda ATR 72 yo‘lovchi samolyoti avariyaviy qo‘nishni amalga oshirdi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda. Favqulodda holatga havo kemasini yashin urishi natijasida undagi ikkita dvigateldan biri ishlamay qolgani sabab bo‘ldi.

Leonardo da Vinchi nomidagi Rim xalqaro aeroporti. Foto: avia.pro

Leonardo da Vinchi nomidagi Rim xalqaro aeroporti. Foto: avia.pro

Bortdagi 52 nafar yo‘lovchi va ekipaj a’zolaridan hech biri zarar ko‘rmadi. Mistral Air kompaniyasi samolyoti Italiyaning Ankon shahridan Rimga reysni amalga oshirayotgan bo‘lgan.

6-noyabr kuni mamlakat poytaxti hududida bo‘ron xavfi e’lon qilindi. Rimda maktablar ishlamaydi. Kolizey va Rim forumi kabi tarixiy me’moriy yodgorliklar sayyohlar uchun yopiladi.