Rossiyaning Omsk shahrida xotinini alvasti deb o‘ylab, uni o‘ldirib qo‘ygan 34 yoshli erkakka nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atildi, deb xabar bermoqda “Interfaks”.

Foto: voenpro.ru

Foto: voenpro.ru

6-noyabrga o‘tar kechasi Omskdagi uylardan birida yashovchilar bola yig‘isini eshitib, politsiya chaqirgan. Huquqni muhofaza qiluvchi organlar uydagi xonadonlardan birida bo‘yniga pichoq urilgan 30 yoshli ayol jasadini topgan.

Qotillik ishida birinchi navbatda ayolning eri gumon qilinmoqda. Kuchli alkogol mastligi ta’sirida bo‘lgan erkak xotinini alvasti deb o‘ylagan va uni o‘ldirgan. Hozirda voqea tafsilotlari o‘rganilmoqda.