Yaponiyada dollar kursi so‘nggi yetti yil ichida eng yuqori darajaga chiqdi, deya xabar bermoqda “TASS”.

Foto: “RIA Novosti”

Foto: “RIA Novosti”

Mahalliy vaqt bilan 5-noyabr 11:00 (Toshkent vaqti bilan 6-noyabr 7:00)dan keyingi savdolar chog‘ida bir dollar uchun 115 yen taklif qila boshlashdi, bu 5-noyabr, chorshanba kunining ikkinchi yarmidagi ko‘rsatkichdan 0,6 yenga ko‘p demakdir. Ushbu ko‘rsatkich 2007-yil noyabridan buyon eng yuqori dollar kursi bo‘ldi.

“Amerika valyutasining narxi AQSh oraliq saylovlarida Respublikachilar partiyasi g‘alabasidan so‘ng ko‘tarilib ketdi. Dollarni endi AQShda biznesni qo‘llab-quvvatlashning yanada faol siyosati olib borilishiga umid qilgan holda sotib olishmoqda”, — deyiladi “Kiodo” axborot agentligi tahliliy hisobotida.