Bugun, 11-noyabr kuni Toshkentda Amerika-O‘zbekiston savdo palatasi (AO‘SP)ning navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi, deya xabar bermoqda UzReport.

Foto: UzReport

Foto: UzReport

Tadbirda Amerikaning 30 dan ortiq yirik kompaniyalari, jumladan “Jeneral Motorz”, “Boing”, “Xonevell”, “Jeneral Elektrik”, “Lokxid Martin”, “Kameko”, “Prokter end Gembl”, “Keys Nyu Xolland” va boshqalar ishtirok etdi.

Majlisda AQSh va O‘zbekistonning yetakchi kompaniyalari o‘rtasida o‘zaro manfaatli ish aloqalarini yanada mustahkamlashga qaratilgan savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlik loyihalari muhokama qilindi.