Amerikalik olimlar sog‘lom odamlarning kognitiv (aql-idrok) ko‘nikmalariga ta’sir qiluvchi virusni topdi. Bu haqda Buyuk Britaniyaning The Independent gazetasiga tayanib, Korrespondent.net xabar bermoqda.

Foto: trend.az

Foto: trend.az

Nebraska universiteti qoshidagi Jon Xopkins tibbiy maktabi mutaxassislari olib borgan tadqiqotga ko‘ra, mazkur virus avval sog‘lom odam organizmida uchramagan. Virus kutilmaganda odam tomog‘idagi mikroblarni o‘rganish vaqtida topilgan. Tadqiqot davomida olimlar tomoq ichidagi virus DNK to‘qimasi yashil o‘simliklarni paydo qiluvchi virus DNK to‘qimalari bilan bir xil ekanligini aniqladi.

Tadqiqotda ishtirok etgan 90 kishidan 40 nafari mazkur virus tarqatuvchisi bo‘lib chiqdi. Tanasida virus borligi aniqlangan shaxslar testlarda tezlik, vizual qabul qilishdagi aniqlik hamda e’tibor berish darajasi bilan bog‘liq qoniqarsiz natija ko‘rsatdi.

Tadqiqotga rahbarlik qilgan virusolog Robert Yolkenning so‘zlariga ko‘ra, odamlar o‘rtasidagi ruhiy farqlar ko‘p holatlarda ularning geni bilan bog‘liq bo‘ladi. Biroq ba’zan odam tanasidagi mikroorganizmlar ham ruhiy farqlarni keltirib chiqaradi. Bu esa “tanamizdagi ozor bermaydiganday tuyiladigan mikroorganizmlar bizning xulq-atvorimiz va aql-idrokimizga ham ta’sir qilishi mumkinligini” anglatadi.