LG kompaniyasi displey ishlab chiqarish sanoatidagi kelajak rejalarini taqdim etdi. Bu haqda Phonearena.com ma’lumotiga asoslanib “Parol” nashri xabar berdi.

Foto: Phonearena.com

Foto: Phonearena.com

Unga ko‘ra, kompaniya 2017-yilga qadar LCD va OLED shisha displeylaridan OLED plastmassa texnologiyasiga o‘tadi. OLED plastmassa displeylari ancha ingichka. Bunda LCD — 2 mm, OLED shisha — 1 mm bo‘lsa, OLED plastmassa displeyi 0,5 millimetr qalinlikda bo‘ladi.

Kompaniyaning bunday displeyli ilk gadjeti G Watch R aqlli soati hisoblanadi. Keyingi yillar davomida esa LG smartfon, planshet, avtomobil va televizorlarda ham ushbu displeydan foydalana boshlaydi.

LG 2013-yilda botiq displeyli G Flex smartfonini taqdim etgan edi. Ushbu smartfon O‘zbekistonda 1,7 million so‘mdan sotilmoqda. Shu bilan birga kompaniya 2015-yilda qayriladigan, 2017-yilgacha esa buklash, o‘rab qo‘yish mumkin bo‘lgan gadjetlarni ishab chiqara boshlaydi.

Shuningdek, “Parol” nashrida quyidagi maqolalarni o‘qishingiz mumkin: