Joriy yilning 30-sentabr kuni taqdim etilgan yangi Samsung Galaxy Grand Prime smartfoni Toshkent shahridagi “Fleshka” savdo majmuasida 850 000 so‘mdan sotila boshlandi. Bu haqda Mobinfo.uz ma’lumotiga asoslanib “Parol” nashri xabar berdi.

Foto: Phonearena.com

Foto: Phonearena.com

Ushbu smartfonning old tomonida 5 megapikselli kamera o‘rnatilgan va u guruh bo‘lib yoki Samsung tili bilan aytganda “groupfie” suratlar olish uchun qulay.

Foto: Phonearena.com

Foto: Phonearena.com

Smartfonda 8 megapikselli orqa kamera, 1,2 GGs chastotaga ega to‘rt yadroli protsessor, 5 dyuym 540×960 pikselli displey, 1 Gb tezkor va 8 Gb ichki xotira (+MicroSD), 2600 mA·soat quvvatga ega batareya, 3G aloqa va Android 4.4 KitKat versiyasi o‘rnatilgan. Uning o‘lchamlari 144,8×72,1×8,6 millimetr, og‘irligi esa 156 grammni tashkil etadi.

Shuningdek, “Parol” nashrida quyidagi maqolalarni o‘qishingiz mumkin: