Rossiyaning Primorsk o‘lkasida 35 yoshli erkak o‘zining uch farzandi va xotinini o‘ldirishda ayblandi, deya xabar bermoqda “RIA Novosti” Rossiya Tergov qo‘mitasiga tayanib. Ayblanuvchining aytishicha, u qarzlari tufayli bu ishga qo‘l urgan.

Foto: “RIA Novosti”

Foto: “RIA Novosti”

Qotillik bir hafta avval 2,8 va 13 yoshdagi bolalar va ularning ota-onasi Artyom shahridagi xususiy uyda bo‘lgan vaqtda sodir bo‘ldi. Ota o‘sha paytda o‘z oilasini o‘ldirishga qaror qilgan. Bu niyatini amalga oshirish uchun u uzun elastik buyumdan foydalandi, uning yordamida xotini va bolalarini bo‘g‘ib o‘ldirdi.

Erkakni hibsga olishdi, qotillik uchun u bir umrgacha qamalishi mumkin.