GM Uzbekistan AJ QK 2014-yilning yanvar—oktabr oylarida Rossiyaga avtomobil sotish hajmini o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 32 foizga kamaytirdi. Bu haqda Yevropa biznesi uyushmasi Avtomobil ishlab chiqaruvchilar qo‘mitasiga tayanib UzDaily xabar berdi.

Foto: bibi.uz

Foto: bibi.uz

O‘n oy davomida Rossiyaga jami 49,014 mingta mashina sotilgan, biroq aynan qaysi modellar qanday hajmda sotilgani haqida ma’lumot taqdim etilmadi.

Oktabrda o‘tgan yilning shu oyiga nisbatan savdo-sotiq hajmi 69 foizga kamayib, 1,819 ming donagacha tushib ketdi.

2014-yilning yanvar—oktabrida GM Uzbekistan AJ QK ning Rossiya bozoridagi ulushi 1,7 foizni tashkil etdi, o‘tgan yilgi ko‘rsatkich esa 2,1 foizga teng bo‘lgan.

2014-yilning to‘qqiz oyi yakunlari bo‘yicha GM Uzbekistan Rossiyada avtomobillar savdosi hajmi bo‘yicha 21-o‘rinni egalladi. Korxonaning hech qaysi modeli hisobot davrida Top-25 bestsellerlar ro‘yxatiga kirmadi.