2014-yilning 19—21-noyabr kunlari Riga shahrida Tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasidagi 2014—2016-yillarga mo‘ljallangan Hamkorlik dasturiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi va Latviya Respublikasi Tashqi ishlar vazirliklari huquqiy tuzilmalari darajasida ikki tomonlama maslahatlashuvlar bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Foto: novini.bg

Foto: novini.bg

Uchrashuvda O‘zbekiston — Latviya munosabatlari shartnomaviy-huquqiy negizi sarhisob qilindi, tomonlar ko‘rib chiqayotgan qo‘shma hujjatlar loyihalari yuzasidan fikr almashildi.

Shuningdek, ikki davlat o‘rtasida imzolangan xalqaro shartnoma va hujjatlarning umumiy ro‘yxati kelishib olindi.