Universal Mobile Systems (UMS) mobil operatori O‘zbekistonning turli hududlaridagi xizmat ko‘rsatish markazlariga rahbar lavozimi uchun ishga taklif qilingan e’lonlar bermoqda, deb xabar berdi Uz24.uz.

Foto: mobile.uz

Foto: mobile.uz

Kompaniya Myjob.uz saytida Kitob va Shahrisabz shaharlaridagi xizmat ko‘rsatish markazlari rahbari lavozimiga ishga olish uchun e’lon joylashtirgan. Avvalroq, xuddi Termiz, Andijon, Navoiy va Qarshidagi aynan shu lavozim uchun e’lonlar berilgani qayd etilgan.

Bundan tashqari, UMS’ning Facebookda sahifasi ham ochilgan bo‘lib, hozirgacha 488 nafar obunachi to‘plagani aytilgan.

Avvalroq, Toshkentda UMS dilerlik ofislari ochilishga tayyorlanayotgani, Farg‘onada esa UMS bilan dilerlik shartnomalari tuzish bo‘yicha murojaatlar qabul qilinayotgani xabar berilgan edi. Shuningdek, UMS aloqa markazi operatorlarini ishga olishini ham e’lon qilgan edi.

Eslatib o‘tamiz, “MTS-O‘zbekiston” o‘rniga tashkil qilingan UMS mobil aloqa operatori o‘z tijoriy faoliyatini 2014-yil 1-dekabrdan boshlashi ko‘zda tutilgan.