O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov va Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Nursulton Nazarboyevning tor doiradagi uchrashuvida Qozog‘iston prezidentining 2013-yil iyun oyidagi O‘zbekistonga qilgan tashrifi doirasida erishilgan kelishuvlarning amalga oshirilish jarayoni muhokama qilindi, deb xabar bermoqda Qozog‘iston Prezidentining rasmiy sayti.

Foto: UzReport

Foto: UzReport

Shuningdek, savdo-iqtisodiy, suv-energetika, transport va madaniy-gumanitar sohalardagi ikki tomonlama hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari ko‘rib chiqildi.

Bundan tashqari, tomonlar mintaqaviy xavfsizlikning asosiy jihatlarini, shuningdek eng dolzarb xalqaro masalalar haqida so‘z yuritdilar.

Nursulton Nazarboyev Qozog‘iston va O‘zbekiston madaniy va tarixiy jihatdan bir-biriga yaqin mamlakatkar ekanligini ta’kidladi.