Zarafshon shahridagi 14-mikrotumanda qurilgan yangi uy xonadonlari Navoiy kon-metallurgiya kombinati Markaziy kon boshqarmasining 40 nafar yosh oilali xodimlariga topshirildi. Bu haqda Navoiy viloyatining “Znamya drujbi” gazetasi xabar bermoqda.

Navoiy manzaralari. Foto: moymir.uz

Navoiy manzaralari. Foto: moymir.uz

Yangi uy “Zarafshon” qurilish-montaj boshqarmasi xodimlari tomonidan barpo etildi. Boshqarma rahbarining o‘rinbosari D. Barakayevning ma’lum qilishicha, 40 xonadondan iborat yangi uy Navoiy kon-metallurgiya kombinati mablag‘iga qurilgan.

Ayni damda “Shimol” qurilish-montaj boshqarmasi tomonidan Uchquduqda Shimoliy kon boshqarmasining yosh oilali xodimlari uchun barpo etilayotgan 40 xonadonli turar joy binosining qurilish ishlari ham yakunlanmoqda. Mazkur uy ham Navoiy kon-metallurgiya kombinati mablag‘iga qurilmoqda.