Toshkentda “Jinsiy zo‘ravonlikka qarshi rasmiy 16 kunlik” (The Official 16 Days of Activism Against Gender Violence Campaign) dasturiga rasman start berildi. Bu haqda “Un.uz” ma’lumotiga tayanib, “Kun” xabar bermoqda.

Foto: Kun.uz

Foto: Kun.uz

BMTning O‘zbekistondagi axborot xizmatining Facebook’dagi sahifasida berilgan xabarga ko‘ra, jahonga mashhur “Ayollarga nisbatan munosabatlarda zo‘ravonlikka qarshi 16 kun faol qarshilik” dasturi doirasidagi tadbirlar 25-noyabr va 10-dekabr kunlari oralig‘ida bo‘lib o‘tadi.

Bu 16 kunlik tadbirlari “Ayollarga nisbatan munosabatlardagi zo‘ravonlikka qarshi xalqaro kurash kuni” (25-noyabr), “Xalqaro OITSga qarshi kurash kuni” (1-dekabr), “Xalqaro nogironlar kuni” (3-dekabr), “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni” (8-dekabr) va “Xalqaro inson huquqlari kuni” (10-dekabr) bayramlari bilan parallel tarzda olib boriladi.