O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligining birgalikdagi qarori bilan Huquqbuzarliklar faktlari hamda huquqbuzarliklar bilan bog‘liq boshqa holatlar haqida ichki ishlar organlariga xabar qilish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnoma tasdiqlandi (pdf).

Foto: mk.ru

Foto: mk.ru

Hujjatga muvofiq, ta’limni davlat tomonidan boshqarish organlari va ta’lim muassasalari ichki ishlar organlariga:

  • huquqbuzarliklar faktlari haqida;
  • odamlarning hayotiga tahdid soladigan oilaviy-maishiy nizolar haqida;
  • ta’lim oluvchi shaxslar g‘ayriijtimoiy xulq-atvorga va huquqbuzarliklar sodir etishga jalb etilganligi haqida;
  • huquqbuzarliklar sodir etishga moyil bo‘lgan shaxslar haqida xabar qilishi shart.

Davlat sog‘liqni saqlash tizimini boshqarish organlari va sog‘liqni saqlash muassasalari ichki ishlar organlariga:

  • ijtimoiy ahamiyatli kasalliklar va atrofdagilar uchun xavf soluvchi boshqa kasalliklar tarqalganligi haqida;
  • badaniga shikast yetgan yoxud behush holatda bo‘lgan shaxslar kelib tushganligi haqida;
  • odamlarning hayotiga tahdid soladigan oilaviy-maishiy nizolar haqida;
  • voyaga yetmagan shaxslar g‘ayriijtimoiy xulq-atvorga va huquqbuzarliklar sodir etishga jalb etilganligi haqida;
  • huquqbuzarliklar sodir etishga moyil bo‘lgan shaxslar haqida xabar qilishi shart.

Huquqbuzarliklar faktlari aniqlangan taqdirda ta’lim muassasalari yoki sog‘liqni saqlash muassasalari tomonidan zudlik bilan hududiy ichki ishlar organi navbatchilik qismiga telefon orqali xabar qilinishi shart.