Buxoro shahridagi internet-kafelardan biridan kompyuter uskunalarini o‘g‘irlab ketishdi. Bu haqda O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligining “Postda” gazetasiga asoslanib, “Kun” xabar bermoqda.

Foto: apdsl.com

Foto: apdsl.com

“Buxoro shahrida yashovchi fuqaro ertalab o‘zining internet-kafesiga kelsa, eshiklari lang ochiq, ikkita kompyuter protsessori noma’lum shaxslar tomonidan o‘g‘irlab ketilgan”, — deyiladi xabarda.

Ichki ishlar organlari xodimlarining sa’y-harakati natijasida protsessor o‘g‘risi tez fursatda topilgan. O‘g‘ri Buxoroda istiqomat qiluvchi boshqa bir shaxs bo‘lib chiqqan.